Bayramona tus olgan tadbirda sektor rahbarlari, viloyatimizdagi barcha mehnat jamoalari, nuroniylar va yoshlar faol qatnashdi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, viloyat “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi Ikromxon Najmiddinov so‘zga chiqib, yashil maydonlarni kengaytirishning ahamiyati haqida gapirdi.
Shundan so‘ng jonliq so‘yilib, oqsoqollarning duosi bilan bog‘ hududida ko‘chat ekishga kirishildi. Har bir mehnat jamoalari o‘zlariga ajratilgan maydonlarga noyob manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdilar. Shu kunning o‘zida boqqa 8 ming tupga yaqin ko‘chat joylashtirildi.
Maʼlumot uchun: kuzgi mavsumda viloyat bo‘yicha 6 million tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan.









