◀️ Bugun maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov Namangan shahridagi 100 – umumta’lim maktabida bo‘lib, loyiha doirasida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish hamda ma’naviy-axloqiy, jismoniy va intellektual rivojlantirish maqsadida muassasada tashkil etilgan bir qator amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
📎 Mavjud imkoniyatlardan kengroq foydalanish, to‘garaklar faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
➡️ Shuningdek, rahbar ilm maskanining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini ham o‘rgandi. Kutubxona, sinf xonalari va muassasadagi obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirdi. Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga vazifalar yuklandi.




Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati